Toshkentda bolalar aravasini o‘g‘irlab ketgan shaxs ushlandi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyDetskaya kolyaska
Detskaya kolyaska - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur jinoyat Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan

TOSHKENT- 8-avgust, Sputnik. 2017 yil 5-avgust kuni fuqaro Turganova Dilbar Azizovnaga tegishli bo‘lgan bolalar aravasini o‘g‘rilagan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.

Avtomobil o‘g‘rilari - Sputnik O‘zbekiston
Andijonda avtomashinalarni tunab ketayotgan shaxs qo‘lga olindi

Xabarda aytilishicha, 2017-yil 5-avgust kuni taxminan soat 3larda Eldar Zeytullayev Mirzo Ulug‘bek tumani hududida joylashgan uyning kirish yo‘lagida Dilbar Turganovaga tegishli bolalar aravasi qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, uni o‘g‘irlagan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi, o‘g‘irlik alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, Zeytullayevning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0