TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Andijonda avtomashinalarni tunab ketayotgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.
Xabarga ko‘ra, Andijon tuman "Oyjamol" mahalla fuqarolari yig‘ini hududida noma’lum shaxs fuqaro Sh.Mga tegishli bo‘lgan "Spark" avtomobilini tunab ketgan. Jinoyatchi avtomashina oldi eshigini temir jism bilan ochib, avtomashina salonida bo‘lgan 3 dona uyali telefon apparati, 100 AQSh dollari va 1 million 900 ming so‘m miqdoridagi mablag‘larni o‘g‘irlab ketgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida noma’lum shaxs ushlangan, u Andijon shahrida yashovchi 1971-yilda tug‘ilgan E.B bo‘lib chiqqan.
Fuqaro yonidan topilgan 100 AQSh dollari, 1 dona telefon apparati va 450 ming so‘m pullar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Vazirlik xabariga ko‘ra, ayni vaqtda tergov harakatlari davom etmoqda.