TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekiston fuqarolari fitosanitariya sertifikatlarsiz 80 kgdan ortiq meva va qurutilgan mahsulotlarni Rossiya hududiga olib kirmoqchi bo‘lishganda to‘xtatib qolindi, deb xabar qildi Rossiya qishloq xo‘jaligi nazoratining (Rosselxoznadzor) Xabarovsk bo‘yicha boshqarmasi.
Xabarda aytilishicha, o‘tgan haftada O‘zbekistondan kelgan yo‘lovchilar qo‘l yukida yuklangan mevalar va yong‘oqlar Rossiya qishloq xo‘jaligi nazoratining (Rosselxoznadzor) Xabarovsk bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Xabarovsk aeroportida nazorat xizmati tomonidan to‘xtatilgan. Olib qo‘yilgan barcha mahsulotlar yo‘q qilinadi.
Qoidabuzarlar Xabarovskga O‘zbekistondan aviareysda uchib kelishgan. O‘zbekiston fuqarolari qo‘l yukida: qurutilgan mevalar, yong‘oq, magiz, olmalar, o‘rik, shaftoli, uzum, qovun, turshak, zira, qalampir yuklangan bo‘lib, jami vazni — 82,3 kg tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, sal oldin karantin mahsulotlarni Rossiya hududiga olib kirish taqiqlanganligi va olib qo‘yilgan mahsulotlar o‘rnatilgan tartibda yo‘q qilinishi haqida xabar bergan edik.