O‘zbekiston bosh vaziri Qirg‘izistonga boradi

© Sputnik / Dmitriy AstaxovPremyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aripov Cho‘lpon-Otada 15-17 avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan hukumatlararo komissiyalarning navbatdagi yig‘ilishlarida qatnashish uchun Qirg‘izistonga tashrif buyuradi

TOShKENT, 8-avgust — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘izistonga amaliy tashrif bilan boradi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.

Delegatsiya predprinimateley iz Kirgizstana posetila Ferganu - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda O‘zbekiston-Qirg‘iziston biznes-forumi o‘tkaziladi

Aripov Cho‘lpon-Otada 15-17 avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan hukumatlararo komissiyalarning navbatdagi yig‘ilishlarida qatnashish uchun Qirg‘izistonga tashrif buyuradi.

Ta’kidlanishicha, Qirg‘iziston bosh vaziri So‘ronboy Jenbekov o‘zbek hamkasbi bilan telefon orqali muloqot o‘tkazgan. Vazirlar Mahkamalari rahbarlari ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya va o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasini delimitatsiya hamda demarkatsiya qilish bo‘yicha hukumatlararo komissiyalarning navbatdagi yig‘ilishlariga tayyorgarlik jarayonini muhokama etishgan.

"Siz va O‘zbekiston delegatsiyasini Qirg‘izistonda ko‘rishdan xursand bo‘lamiz", — deya ta’kidlab o‘tgan Jenbekov.

Aripov Qirg‘izistonda 2017-yil oktabrida O‘zbekiston madaniyati kunlarini o‘tkazishga tayyorlikni tasdiqladi. Shuningdek, u Qirg‘iziston tomoniga 3-avgust kuni Issiqko‘l viloyati hududida avtofalokatga uchragan o‘zbekistonlik fuqarolarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilgani uchun minnatdorlik bildirdi.

O‘z navbatida, Jenbekov esa O‘zbekistonga O‘shda 630 o‘rinli umumta’lim maktabini qurish haqidagi qaror uchun minnatdorlik izhor qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 25-iyun kuni Andijon shahrida O‘zbekiston Hukumat delegatsiyasi ishchi guruhi va Qirg‘iziston Hukumat delegatsiyasining topografiya va yer tuzish ishchi guruhi o‘rtasida O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha muzokaralar samarali yakunlangan edi.

Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro tovar almashish hajmi keyingi yilda ikki baravarga oshgan va 2017-yil yanvar-may davrida 100,8 mln dollarni tashkil etgan.

Yangiliklar lentasi
0