Toshkentda O‘zbekiston-Qirg‘iziston biznes-forumi o‘tkaziladi

© Foto : Sherzod QoraboyevDelegatsiya predprinimateley iz Kirgizstana posetila Ferganu
Delegatsiya predprinimateley iz Kirgizstana posetila Ferganu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro tovar almashish hajmi keyingi yilda ikki baravarga oshgan va 2017-yilning yanvar-may davrida 100,8 mln dollarni tashkil etgan

TOShKENT, 2-avgust — Sputnik. Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov va Qirg‘iziston iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Almaz Sazbakov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda uznews.uz xabar bermoqda.

Muzokaralar jarayonida iqtisodiy hamkorlikni faollashtirish, Toshkentda shu yilning sentabrida ikki davlat ishbilarmon doiralari ishtirokida qo‘shma ko‘rgazma va biznes-forum tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Xabarda aytilishicha, ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro tovar almashish hajmi keyingi yilda ikki baravarga oshgan va 2017-yilning yanvar-may davrida 100,8 mln dollarni tashkil etgan.

Yangiliklar lentasi
0