TOShKENT, 8-avgust — Sputnik. Boshqirdistonda garajda 92 tup nasha yetishtirgan O‘zbekiston fuqarosi 9-yilu 4 oyga qat’iy rejimdagi koloniyada jazo o‘tashga hukm qilindi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Bosh prokuraturaga tayanib.
Ma’lum bo‘lishicha, shu yilning fevralida u Alsheyev tumanidagi Rayevskiy qishlog‘ida nasha yetishtirish uchun garajni ijaraga oladi. U garajga turli qurilmalar – drossellar (yoritish tizimini nazorat qiliuvchi uskuna, ultrabinafsha chiroqlar, termometr, taymerlar o‘rnatadi hamda bu yerda 92 tup nasha yetishtiradi.
Huquqni muhofaza qilish organlari uning faoliyatiga chek qo‘yishdi va bu shaxsning yashash joyidan 400 grammdan ortiq taqiqlangan modda topishdi.
"Sud bu shaxsga nisbatan 9-yilu 4 oy davomida qat’iy rejimli axloq tuzatish koloniyasida jazo o‘tash hukmini tayinladi", — deyiladi prokuratura xabarida.