TV5 Monde telekanali Samarqand va Buxoro haqida ko‘rsatuvlar tayyorlaydi

© Goskomturizm UzbekistanaTelekanal "Mir" snimayet dokumentalniy film v Uzbekistane
Telekanal Mir snimayet dokumentalniy film v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belgiya va fransiyalik teletomoshabinlarga oddiy o‘zbek oilasida palov tayyorlash, buxorolik temirchi va zargarlarning mahoratlari namoyish etiladi.

TOShKENT, 8-avgust — Sputnik. O‘zbekistonga TV5 Monde telekanali suratga olish guruhi keldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

Mejdunarodniy biznes-sentr v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston haqidagi ko‘rsatuvni Osiyodagi 350 mlndan ortiq kishi tomosha qildi

Xabarda aytilishicha, telekanal ijodkorlari 14-avgustga qadar Samarqand va Buxoroda, xususan, Amir Temur maqbarasi, Samarqand nonlari, Siyob bozori hamda Registon maydonidagi "3D mapping" haqidagi lavhalarni suratga oladi.

Belgiya va fransiyalik teletomoshabinlarga oddiy o‘zbek oilasida palov tayyorlash, buxorolik temirchi va zargarlarning mahoratlari namoyish etiladi.

Shu yilning iyul oyida Brusselda bo‘lib o‘tgan "O‘zbekiston – Yevropa ittifoqi" hamkorlik kengashi yig‘ilishida Davlat turizm qo‘mitasi va Belgiyaning "Bandua Communications Unipressoal LDA" kompaniyasi O‘zbekiston milliy turizm salohiyatini TV5 Monde telekanali orqali namoyish etish haqida shartnoma imzolagandi.

TV5 Monde telekanali fransuz tilida efirga uzatiluvchi butunjahon ko‘ngilochar teletarmog‘i bo‘lib, telekanal klassik kinofilmlar, zamonaviy va hujjatli kino, siyosiy shou va intervyular namoyish etadi. Uning kunlik auditoriyasi 55 mln. kishidan ortiq.

Yangiliklar lentasi
0