O‘zbekiston haqidagi ko‘rsatuvni Osiyodagi 350 mlndan ortiq kishi tomosha qildi

© IBCMejdunarodniy biznes-sentr v Tashkente
Mejdunarodniy biznes-sentr v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘rsatuvda O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalardagi bugungi taraqqiyoti haqida batafsil hikoya qilindi

TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Yaponiyaning NHK World telekanalida O‘zbekiston haqida maxsus ko‘rsatuv namoyish etildi. Uni butun Osiyo qit’asida 350 milliondan ortiq kishi tomosha qildi, deb xabar bermoqda "Jahon" axborot agentligi.

Yaponiya o‘zbekistonliklarga viza olish tartibini soddalashtirdi

Ko‘rsatuvda O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalardagi bugungi taraqqiyoti haqida batafsil hikoya qilindi. Ko‘rsatuv mualliflari xususan Toshkent tomonidan qo‘shni davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha faol qadam tashlanayotganligiga alohida e’tibor qaratishgan.

Yapon telejurnalistlari O‘zbekistonda Harakatlar strategiyasi doirasida olib borilayotgan xo‘jalik munosabatlarini liberallashtirish, tayyor mahsulot ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash, xorijiy investitsiyalar hajmini oshirish borasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishilganini qayd etishgan.

"Turizm sohasi katta siljishga erishdi: respublikaga tashrif buyuruvchi mehmonlar sonini bir necha baravarga oshirish, xorijiy hamkorlar bilan qator yirik loyihalarni amalga oshirish, soha uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish rejalashtirilgan", deyiladi NHK World lavhasida.

Yaponlar O‘zbekistonni turistik yo‘nalishdagi mamlakat sifatida yuksak qadrlaydilar. Mualliflar bu haqda so‘zlar ekan, joriy yil bahorida Yaponiyadan O‘zbekistonga uchta charter reysi tashkil etilganligini, yil oxiriga qadar yana yettita shunday parvoz amalga oshirilishini ma’lum qilishdi.

Yangiliklar lentasi
0