Chet elga chiqish stikerini bekor qilish haqidagi qaror loyihasi tayyor bo‘ldi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishViza v pasporte
Viza v pasporte - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chet elga chiqish stikerini bekor qilish hamda chet elga chiqish pasportini bosqichma-bosqich joriy etish haqidagi qaror loyihasi tayyor bo‘ldi va ayni damda u muassasalararo muvofiqlashtirish jarayonidan o‘tmoqda.

TOShKENT, 8 avg — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida, Prezident devoni, Bosh prokuratura,  Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat Personallashtirish markazi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda qabul qilinishi kutilayotgan bir necha yangi qarorlar muhokama qilindi.

Uzbekskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda chet elga chiqish pasporti joriy qilinadi

Xususan, O‘zbekiston prezidentining chiqish stikerini bekor qilish hamda chet elga chiqish pasportini bosqichma-bosqich joriy etish haqidagi qarori loyihasi tayyor bo‘lgani va ayni damda u muassasalararo muvofiqlashtirish jarayonidan o‘tayotgani xabar qilindi.

Undan tashqari, fuqarolikdan chiqish hamda chet elda mehnat faoliyati olib borish litsenziyasi olish jarayonlarini osonlashtirish masalalari borasida ham yangi qarorlar loyihalari tayyorlangan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu hujjatlar loyihalarini tayyorlash prezident topshirig‘iga binoan amalga oshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0