O‘zbekiston aholisi soni 1991-yilga nisbatan 11,5 mln kishiga o‘sgan

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2017-yil 1-yanvar holatiga 32,1 mln kishini tashkil etadi

TOShKENT, 7-avgust — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2017-yil 1-yanvar holatiga 32,1 mln. kishini tashkil etib, 1991-yilga nisbatan 11,5 mln. kishiga, ya’ni 55,9 foizga o‘sgan.

Mujchina vedet rebenka za ruku - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ayollarga nisbatan erkaklar ko‘proq ekanligi ma’lum bo‘ldi

Ushbu raqamlar Davlat statistika qo‘mitasining demografik holati to‘g‘risidagi hisobotida keltirilgan.

Hisobotga ko‘ra, respublika aholisining joylashuvi bo‘yicha tarkibida ham sezilarli o‘zgarishlar kuzatilgan, ya’ni 16,3 ming kishi yoki 50,6 foiz aholi shaharlarda istiqomat qiladi.

Shu bilan birga, respublika aholisining milliy tarkibida ham o‘zgarishlar kuzatilgan.

1991 yilda respublika aholisi tarkibida o‘zbeklar sonining jami aholi sonidagi ulushi — 72,8 foizni, qoraqalpoqlar — 2,1 foizni, ruslar — 7,7 foizni, tojiklar — 4,8 foizni, qozoqlar — 4,1 foizni, tatarlar — 2,0 foizni, ukrainlar — 0,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2017-yil 1-yanvar holatiga kelib o‘zbeklar ulushi — 83,8 foizni, qoraqalpoqlar — 2,2 foizni, ruslar — 2,3 foizni, tojiklar — 4,8 foizni, qozoqlar — 2,5 foizni, tatarlar — 0,6 foizni, ukrainlar — 0,2 foizni tashkil etgan.

Yangiliklar lentasi
0