O‘zbekistonda ayollarga nisbatan erkaklar ko‘proq ekanligi ma’lum bo‘ldi

© Flickr / David WooMujchina vedet rebenka za ruku
Mujchina vedet rebenka za ruku - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika bo‘yicha aholining o‘rtacha yoshi 28,5 yoshni tashkil etmoqda

TOShKENT, 4-avgust — Sputnik. 2017-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekiston doimiy aholisining soni 32 120,5 ming kishini tashkil qildi. Shundan 16 121 ming kishi yoki 50,2 foizini erkaklar va 15 999,5 ming kishi yoki 49,8 foizini ayollar tashkil etadi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

2016 yilning yanvar — dekabrida tug‘ilganlar soni 726,2 mingni tashkil qildi (2015 yilda bu ko‘rsatkich respublika tarixida eng ko‘p 734,1 mingga teng bo‘lgan). Hisobot davrida o‘lganlar soni 154,8 ming.

Uzbek v natsionalnoy odejde - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston aholisi - optimizm bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda

Umr ko‘rish davomiyligi o‘rtacha 73,8 yoshni, erkaklarda – 71,4, ayollarda – 76,2 yoshni tashkil etdi. Respublika bo‘yicha aholining o‘rtacha yoshi 28,5 yoshni tashkil etmoqda. 1991-yilda bu ko‘rsatkich 23,3 yoshni tashkil etgan, ya’ni aholining o‘rtacha yoshi 5,2 yoshga keksaygan.

Respublikada 2000-yillarda birinchi marta nikoh qurgan qiz bolalarning o‘rtacha yoshi 21,4, birinchi marta nikoh qurgan o‘g‘il bolalarning o‘rtacha yoshi 24,2 yoshni tashkil etgan bo‘lsa, 2016-yilda bu ko‘rsatkich mos ravishda 22,6 va 26 yoshni tashkil etdi.

FHDYo organlarida 275 mingta nikoh va 29,3 mingta ajralish ro‘yxatga olindi.

Doimiy aholi soni hamda demografik holat ko‘rsatkichlari Adliya vazirligining joylardagi Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) organlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar va Ichki ishlar vazirligining joylardagi ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi)ning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida shakllantirilgan.

Yangiliklar lentasi
0