TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi H.A oldin sudlangan bo‘lishiga qaramay Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yana firibgarlik yo‘lini davom ettiradi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.
U Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yashovchi E.Mning ishonchiga kiradi va unga "Lasetti" avtomashinasini olib berishni va’da qilib, 7000 AQSh dollarini olib ketadi.
Jabrlanuvchining o‘z vaqtida ichki ishlar organlariga murojaat qilgani natijasida H.A tezda ushlandi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.