AKT vazirligi mutaxassislarni yuqori maoshli ishga taklif qilmoqda

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishIT-sistema
IT-sistema - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maosh oklad miqdori kvalifikatsiyadan kelib chiqib, 10 mln. so‘mgacha, shuningdek, ustama, mehnatga yarasha mukofot pullari hamda ijtimoiy paket beriladi

TOShKENT, 5-avgust — Sputnik. "UNICON.UZ" fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi veb-texnologiyalar bo‘yicha dasturchilar, ma’lumotlar bazalarining boshqaruv tizimlari administratorlari, ilova serverlari administratorlarini ishga taklif qilmoqda. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Kompyuter foydalanuvchisi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston AKT rivojlanish reytingidagi o‘rnini saqlab qoldi

Nomzodlardan zamonaviy veb-texnologiyalarni dasturlash tillarida ishlash, ma’lumotlar bazalari boshqaruv tizimlaridan foydalanish va boshqarish, ilova serverlarida ishlash, dasturlash vositalarini o‘rnatish va sozlash, server va ilovalar, ma’lumotlar bazalari, axborot tizimlari o‘rtasidagi aloqani muvofiqlashtirish, internetda kasbiy ko‘nikmalarga oid bilimlarni izlash va o‘zlashtirish tajribasiga ega bo‘lish talab qilinadi.

Xabarda bildirilishicha, nomzodlar 20-45 yoshgacha bo‘lishi, rus, o‘zbek (ma’qullanadi) va texnik ingliz tilini (majburiy) bilishi shart.

Maosh oklad miqdori kvalifikatsiyadan kelib chiqib, 10 mln. so‘mgacha, shuningdek, ustama, mehnatga yarasha mukofot pullari hamda ijtimoiy paket berilishi bildirilgan.

Yangiliklar lentasi
0