Mirziyoyev YTHda jabrlangan o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun samolyot jo‘natdi

Obuna bo‘lish
3 avgust kuni Qirg‘izistondagi Issiq-Ko‘l viloyatining Qizil O‘ruk qishlog‘i hududida mikroavtobus va yengil mashina ishtirokida YTH yuz bergandi

TOShKENT, 5-avgust — Sputnik. Bugun ertalab sakkizlarda Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus samolyoti Qirg‘izistondagi yo‘l-transport hodisasida jabrlangan o‘zbekistonliklarni Toshkentga olib keldi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Avtomobil skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Issiq-Ko‘lda sodir bo‘lgan YTH tafsilotlari ma’lum qilindi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev zudlik bilan jarrohlik operatsiyasi qilinishi kerak bo‘lgan o‘n yoshli Igor Orlov hamda YTHda jabrlangan yana besh nafar fuqaroni Toshkentga olib kelish uchun bir guruh shifokorlar hamrohligida Qirg‘izistonga FVV samolyotini jo‘natish topshirig‘ini bergandi.

Samolyot qo‘nganidan so‘ng Igor Orlov poytaxtdagi klinikalardan biriga yotqizildi.

Eslatib o‘tamiz, 3-avgust kuni Qirg‘izistondagi Issiq-Ko‘l viloyatining Qizil O‘ruk qishlog‘i hududida mikroavtobus va yengil mashina ishtirokida YTH yuz bergandi.

Avtohalokat oqibatida 9 kishi jabrlangan bo‘lib, ularning 6 nafari o‘zbekistonliklar bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0