GM Uzbekistan fosh etilgan firibgarlik sxemasidan so‘ng sotuv tizimini qayta ko‘rib chiqmoqchi

© Novosti UzbekistanaGM Uzbekistan avtomobillari
GM Uzbekistan avtomobillari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kompaniya axborotiga ko‘ra, kompleks tashkiliy choralar doirasida dilerlik korxonalari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda iste’molchilarga avtomobilni realizatsiya qilish bevosita vazifasiga kiruvchi ishchilar tarkibini qayta ko‘rib chiqish va kuchaytirish rejalashtirilmoqda

TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Yaqinda fosh etilgan GM Uzbekistan mashinalarini sotish bilan bog‘liq yirik jinoiy sxema voqeasidan so‘ng kompaniya sotuv tizimini takomillashtirishga qaror qildi.

Kompaniya bu haqda o‘z rasmiy saytida axborot bergan.

GM Uzbekistan bergan xabarga ko‘ra ayni vaqtda kompaniya tomonidan ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, ular avtomobillar sotuvi tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishadi.

Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan firibgar Haqberdiyevning jinoiy sxemasiga izoh berdi
Kompaniya dilerlik korxonalarining texnik jihozlanishi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarni o‘z faoliyatiga joriy etish hamda avtomobillar sotuvi tizimida shaffoflikni ta’minlash niyatida.

Kompaniya xabar berishicha tashkiliy choralar doirasida dilerlik korxonalarini xodimlari attestatsiyadan o‘tkazilib, iste’molchilarga avtomobilni realizatsiya qilish bevosita vazifasiga kiruvchi ishchilar tarkibini qayta ko‘rib chiqish va kuchaytirish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Sirdaryo viloyati MXX xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari bilan hamkorlikda GM Uzbekistan avtomobillarini sotishda tovlamachilik bilan shug‘ullangan "Sirdaryoavtotexxizmat" MChJ avtosaloni direktori Abdumurod Haqberdiyevni qo‘lga olishgani haqida xabar bergan edik.

Haqberdiyev Ikkinchi jahon urushi faxriysining "Kaptiva" avtomobili olish uchun imtiyozli sertifikatidan foydalanish evaziga faxriyga 10 million so‘m berishni va’da qilgan. Haqberdiyev urush faxriysiga 9-May bayrami munosabati bilan taqdim etilgan sertifikatni boshqa odam nomiga rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan. Haqberdiyev mashinani bozor bahosidan ancha arzon sotib olish imkonini beruvchi tovlamachilik sxemasini yaratgan. U bu xizmati uchun mashina narxining 50% qismini pora sifatida olgan.

Yangiliklar lentasi
0