Namangandagi IESni Mitsubishi quradi

© Sputnik / Sergey Kuznetsov / Mediabankka o‘tishIssiqlik elektr stansiyasi
Issiqlik elektr stansiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2013 yil avgustda "O‘zbekenergo" tomonidan To‘raqo‘rg‘on IESning umumiy qurilish ishlari boshlangan

TOShKENT, 21 noya – Sputnik. RIA Novosti. Yaponiyaning Mitsubishi Corporation va Mitsubishi Hitachi Power Systems Ltd konsorsiumi "O‘zbekenergo" AJ bilan Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida ikkita issiqlik elektr stansiyasi energobloklarini qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda Mitsubishi Corporationga tayanib RIA Novosti xabar qilmoqda.

"Loyihada umumiy quvvati 900 MVtga teng ikkita zamonaviy va samarali bug‘-gaz qurilmasiga ega bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilishi ko‘zda tutilgan", — deyiladi Mitsubishi xabarida. Konsorsiumning qurilish bo‘yicha hamkori Turkiyaning Calik Enerji Sanayi ve Ticaret AS kompaniyasi hisoblanadi.

Shartnoma qiymati ma’lum qilinmagan.

Toshkent IES - Sputnik O‘zbekiston
Angren IESida 2016yil oxirida yangi energoblok ishga tushadi

Oktabr oyida Mitsubishi Corporation 2015-yilning dekabrida e’lon qilingan issiqlik elektr stansiyasi uchun quvvati 450 MVtdan bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasini qurilish loyihasi bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda g‘olib bo‘lgandi. 2013-yil avgustda "O‘zbekenergo" tomonidan To‘raqo‘rg‘on IESning umumiy qurilish ishlari boshlangan. Loyihada yiliga 7 milliard kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi elektrostansiya qurilishi ko‘zda tutilgan. IES 2020-yilda ishga tushishi rejalashtirilgan.

Umumiy qiymati 1,1 milliard dollar bo‘lgan loyihaning 704 million dollar miqdoridagi ulushi Yaponiyaning xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), 300 million dollari O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot foni hamda "O‘zbekenergo"ning o‘z mablag‘lari hisobidan ajratilgan.

Bugungi kunda O‘zbekiston energiya tizimida umumiy quvvati 12,5 ming MVtga yaqin 45ta elektrostansiya faoliyat ko‘rsatmoqda. Elektr energiyasining qolgan qismi sanoat korxonalarining avtonom issiqlik elektr stansiyalari va qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tarkibidagi kichi GESlar tomonidan ishlab chiqariladi.

Yangiliklar lentasi
0