TOShKENT, 4-avgust — Sputnik. O‘zbekistonlik taniqli islomshunoslar Rossiyadagi Bolgar islom akademiyasida talabalarga saboq berishadi. Bu haqda akademiya rektori, Tatariston musulmonlari diniy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Rossiya islom instituti rektori Rafik Muhametshin RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Biz yaqinda O‘zbekistondan qaytdik. Buxorodagi afsonaviy “Mir Arab” madrasasi bilan hamkorlik Memorandumi imzoladik. Taniqli islomshunos, dinshunoslik doktori Baxtiyor Bobojonovni Bolgar islom akademiyasi murabbiylari qatorida ko‘rish biz uchun juda muhim”, dedi u.
Muhametshinning aytishicha, akademiyada shuningdek, Rossiya, Misr, Iordaniya, BAA islomshunos olimlari dars beradilar.