O‘zbekiston aholisi - optimizm bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda

Obuna bo‘lish
Mutaxassislari fikriga ko‘ra, inson o‘zini baxtiyor his qilishi, kelajakka umid bilan qarashi uchun jamiyat a’zolari orasidagi aloqa rishtalarining ko‘pligi va ularning mustahkamligi kerak ekan.

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Gullup kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan izlanishlar natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston dunyoda eng optimist va hayotga yaxshi niyat bilan qaraydigan mamlakatlardan biri ekan.

Jamiyat fikrini o‘rganish sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan Gullup izlanishlar kompaniyasi 142 mamlakatning 149 ming fuqarosi orasida so‘rov o‘tkazgan. So‘rov vaqtida respondentlarga "Siz oxirgi kunlarda ko‘p kuldingizmi?", "Siz oxirgi vaqt biror qiziq ish qildingizmi?", yoki "siz kechagi kunni xafa bo‘lib o‘tkazdingizmi?", shuningdek, "Siz stress, qahr, xavotirlanish his qidayapsizmi?" kabi savollar berilgan.

Ana shunday so‘rov natijasiga ko‘ra, eng optimist va hayotga ishonch umid, yaxshi orzu-niyat bilan qaraydigan xalqlar orasida O‘zbekiston uchinchi o‘rinni egallagan. Reytingning birinchi o‘rinda Paragvay, ikkinchi o‘rinda Kosta Rika.

© Sputnik / Boris Prixodko / Mediabankka o‘tishO‘zbek onaxoni
Staraya uzbechka - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek onaxoni
Sobiq Ittifoq mamlakatlari orasida O‘zbekiston eng optimist mamlakatlar o‘ntaligiga kirgan yagona mamlakat bo‘ldi. Reytingning top o‘ntaligida Janubiy Amerika mamlakatlari yetakchilik qilmoqda. Qirg‘iziston, Rossiya va Qozog‘iston aholisi ushbu reytingning o‘rtasidan joy olgan.

So‘rov o‘tkazgan kompaniya mutaxassislari fikriga ko‘ra, buning sababi birinchidan — milliy xarakter va mentalitet bo‘lsa,  ikkinchidan — jamiyat a’zolari orasida aloqa rishtalarining ko‘pligi va ularning mustahkamligi ekan.

Aynan jamiyat a’zolari orasidagi ijobiy aloqalarning ko‘pligi inson o‘zini baxtli his qilishi uchun boylikdan ham ko‘proq ta’sir ko‘rsatar ekan. Shuning uchun ham eng kayfiyati yaxshi (baxtli) odamlar, individualizm kuchli bo‘lgan eng boy mamlakatlarda emas, jamiyat a’zolari orasida o‘zaro aloqalar kuchli bo‘lgan mamlakatlarda yashar ekan.

Insonlar "kayfiyati eng yomon" mamlakatlar orasida birinchi o‘rinda Iroq, Janubiy Sudan va boshqa urush bo‘layotgan mamlakatlar egallagan.

Yangiliklar lentasi
0