TOShKENT, 4-avgust — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari Qirg‘izistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu haqda "O‘zbekiston 24" telekanali xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, uchrashuv 25-avgust kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
Oldinda O‘zbekiston terma jamoasini JCh-2018 saralash bosqichi doirasida ikkita o‘yin kutib turibdi. Terma jamoa jahon chempionati saralash bosqichida 31-avgust kuni Uxan shahrida Xitoy, 5-sentabr kuni esa Toshkentda Janubiy Koreya bilan o‘ynaydi.
Ayni paytda O‘zbekiston 8 o‘yindan keyin 12 ochko to‘plab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan yagona yo‘llanma uchun kurashda 2-o‘rindagi Koreyadan 1 ochkoga ortda qolmoqda.