Jizzax politexnika instituti o‘qituvchisi 3,5 ming dollar olayotganida qo‘lga tushdi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri i moneti raznix stran
Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uning yonidan fuqarolardan Jizzax politexnika institutiga kiritib qo‘yish uchun qancha miqdorda pul olganligi haqidagi yozuvlar bitilgan bloknot va uyali telefon topildi

TOShKENT, 4-avgust — Sputnik. Jizzax viloyati Milliy xavfsizlik xizmati tezkor xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari bilan hamkorlikda Jizzax politexnika instituti o‘qituvchisi 42 yoshli Berdiyor Qurbonovni 3,5 ming dollar olayotganida qo‘lga olishdi.

U pensionerning o‘g‘lini o‘qishga kiritib qo‘yishda yordam berishini aytib pul so‘ragan.

Guliston davlat universiteti katta o‘qituvchisi 6 ming $ pora bilan qo‘lga olindi

"Qurbonovni qo‘lga olish chog‘ida uning yonidan noqonuniy faoliyatini isbotlovchi ashyoviy dalillar topildi. Xususan, uning yonidan fuqarolardan Jizzax politexnika institutiga kiritib qo‘yish uchun qancha miqdorda pul olganligi haqidagi yozuvlar bitilgan bloknot va uyali telefon topildi", — dedi MXX xodimi.

Shuningdek, abituriyentlar va o‘qishga kirishda yordam beruvchi kishilarning ismlari, fotosuratlari, telefon raqamlari va test sinovlari vaqtida B.Qurbonov foydalanishni mo‘ljallagan boshqa ma’lumotlar ham borligi aniqlandi.

Dastlabki surishtiruv tadbirlari davomida Berdiyor Qurbonov aybiga to‘liq iqror bo‘ldi. Ayni paytda unga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov doirasida uning sheriklarini aniqlash bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0