Toshkent shahar hokimligi “Ozodlik”da e’lon qilingan maqolaga munosabat bildirdi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishXokimiyat Tashkenta
Xokimiyat Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hokimlik “Ozodlik” murojaatlar ichiga chuqurroq kirib, bildirilgan e’tirozlar haqqoniyligiga to‘liq ishonch hosil qilgandan so‘ng e’lon qilishi maqsadga muvofiq bo‘lishini bildirgan

TOShKENT, 4-avgust — Sputnik. Toshkent shahar hokimligi “Ozodlik” radiosining  “Facebook”  sahifasida e’lon qilingan  Toshkent shahridagi 9 qavatli sobiq yotoqxonalardan birida oilasi bilan istiqomat qilayotgan fuqarolardan birining yondosh ochiq xonada ochiq shchit tufayli yuzaga kelayotgan muammolarni  o‘rganib chiqdi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu  yotoqxona  Yashnobod tumani, Aviasozlar 2-dahasi, 37 uy, ya’ni sobiq Aviasozlar birlashmasining 22-sonli  to‘qqiz qavatli yotoqxonasining 103-xonasi bo‘lib, xonadon egasi Muqaddas Haydarova oilasi bilan 2015-yilning 2-fevralidan buyon joyda istiqomat qilib kelishi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston ko‘chalari - Sputnik O‘zbekiston
Namnews: "Ozodlik"ning xurmacha qiliqlari sabr kosamizni toshirib yubormoqda

Fuqaro murojaatida bildirilgan salbiy holatlar, jumladan M.Haydarova egallab turgan xonaga tutash bo‘lgan shchitxona butun binoni elektr quvvati bilan ta’minlovchi shchit hisoblanadi. Uning alohida yopiq kichik xonada bo‘lishi bino loyihasida belgilangan. Masala joyga chiqib o‘rganilganda shchitxona eshigi yo‘qligi hamda qarovsiz ahvolda ekanligi o‘z tasdig‘ini topdi. Mutaxassislar tomonidan ushbu salbiy holat tezda bartaraf etildi. Shchitxonaning tashqi ko‘rinishi to‘liq tartibga keltirilib, uning kirish qismiga qulfli eshik o‘rnatildi.

Hokimlik fuqaroning uyning yarmi olib qo‘yilishi haqidagi da’vosi haqiqatga mos emasligini bildirdi.

“Lekin fuqaroning shahar hokimi qarori bilan uyning yarmi olib qo‘yilmoqchi degan da’volari mantiqqa zid. Chunki, bu kabi qaror umuman qabul qilinmagan, qabul qilinishi ham mumkin emas. Aksincha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qaroriga asosan fuqarolarga 2018-yil 1-iyuligacha uy-joylarni xususiylashtirish imkoniyati berilgani  tushintirilgan. Bunga yotoqxonalarda doimiy yashab kelayotgan fuqarolar toifasi ham kiradi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Ozodlik” murojaatlar ichiga chuqurroq kirib, bildirilgan e’tirozlar haqqoniyligiga to‘liq ishonch hosil qilgandan so‘ng e’lon qilinishini maqsadga muvofiq deb bilamiz”, deyiladi matbuot xizmati tomonidan.

Yangiliklar lentasi
0