TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Yevroparlament O‘zbekiston bilan to‘qimachilik protokolini ratifikatsiya qildi, deb xabar qilgan Yevropa Parlamentining matbuot xizmati.
Yevroparlamentning qayd etishicha, mazkur qaror O‘zbekiston tomonidan Yevropa deputatlarining paxta terimida bolalar kuchidan foydalanmaslik to‘g‘risidagi talabalarini bajarganligi sababli qabul qilindi.
Xalqaro savdo Qo‘mitasining (INTA)o‘zbekistonliklar huquqlariga e’tibori hamda majburiy mehnatdan foydalanishga chek qo‘yishga da’vatlari tufayli 2011-yilda Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasida to‘qimachilik protokoli imzolanishi — Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) kuzatuvchilari ushbu holatni biron-bir qarshiliklarsiz kuzatish imkoniga ega bo‘lmagunlariga qadar kechiktirilgan edi.