TOShKENT, 3-avgust — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvda Madaniyat vazirligi uchun ko‘rkam bino ajratilishini bildirdi.
Prezident butun dunyoda madaniyat vazirligi mamlakatning yuzi hisoblanib, eng go‘zal, eng salobatli binolarda faoliyat olib borishini, O‘zbekistonda esa noqulay sharoitda, asosan rasmiy idoralar joylashgan binoda ish olib borayotganini qayd etdi. Bu o‘z-o‘zidan madaniy jamoatchilik, ijod ahlining vazirlikka erkin kirib-chiqishiga, turli ijodiy tadbirlar o‘tkazishga to‘sqinlik qilmoqda.
Shuning uchun poytaxtdagi ilgari Tashqi savdo vazirligi joylashgan ko‘rkam, tarixiy binoni Madaniyat vazirligiga ajratishga qaror qilindi.