Moskva viloyat sudidagi otishmada GTA bandasining to‘rt a’zosi o‘ldirildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishZdanie Moskovskogo oblastnogo suda
Zdanie Moskovskogo oblastnogo suda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Soqchilar besh mahbusni sud majlisi bo‘lib o‘tadigan zalga olib chiqayotganida ikki mahbus soqchilarga hujum qilgan

TOShKENT, 1-avgust — Sputnik. Moskva viloyat sudida "GTA to‘dasi" ishi bo‘yicha sudlanayotganlar otishmaga sababchi bo‘lishdi.

GTA bandasini qo‘lga olish - Sputnik O‘zbekiston
GTA bandasi ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisi 8-avgustda bo‘ladi

Soqchilar besh mahbusni sud majlisi bo‘lib o‘tadigan zalga olib chiqayotganida ikki mahbus soqchilarga hujum qilgan va soqchilardan birining qurolini egallab olishgan.

Maxsus gvardiya askarlari bilan bo‘lib o‘tgan otishmada mahbuslarning uch nafari o‘ldirilgan.

GTA bandasi Moskva viloyatida haydovchilarni o‘ldirish bilan shug‘ullanib kelgan terrorchilar jinoiy guruhi bo‘lib, asosan M4 "Don" trassasida qotilliklar amalga oshirgan. Ularning jinoyatlari Grand Theft Auto kompyuter o‘yinidagi singari amalga oshirilgani bois OAV ularni "GTA to‘dasi" deb atagan.

Ma’lumotlarga qaraganda, ular 17 kishining umriga zomin bo‘lishgan.

Yangiliklar lentasi
0