MXX xodimlari yirik savdo majmuasi rahbarini qo‘lga olishdi

CC BY 2.0 / Joel Bombardier / baksheeshDokumenti v rukax
Dokumenti v rukax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
U o‘ziga ishonib topshirilgan savdo majmuasi hududida ikkita savdo nuqtasini ijaraga berish uchun tadbirkordan 1,5 ming dollar talab qilgan

TOShKENT, 3-avgust — Sputnik. MXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari viloyat prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda "Baxt savdo kompleks" korxonasi rahbari Akrom Ernazarovni qo‘lga olishdi.

Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
MXX GM Uzbekistan mashinalarini sotishdagi tovlamachilikni fosh etdi

"U o‘ziga ishonib topshirilgan savdo majmuasi hududida ikkita savdo nuqtasini ijaraga berish uchun tadbirkordan 1,5 ming dollar talab qilgan. U avvalroq 100 dollar pulni tadbirkordan olgan. Tezkor xodimlar Ernazarovni qolgan 1,4 ming dollarni olayotganida ushladilar", — dedi MXX vakili.

Surishtiruv davomida u xuddi shunday yo‘l bilan boshqa tadbirkordan 7 million so‘m olganligi aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurash Departamenti A.Ernazarovga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Yangiliklar lentasi
0