Issiq-Ko‘lda o‘zbekistonlik raqqoslar jamoasi avtohalokatga uchradi

© Sputnik / Ilya PitalevDTP, arxivnoe foto
DTP, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ichida o‘zbekistonlik raqqoslar jamoasi bo‘lgan mikroavtobus yengil mashina bilan to‘qnashib ketgan

TOShKENT, 3-avgust — Sputnik. Bishkek — Baliqchi trassasida yirik YTH yuz berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga tayanib.

Avtomobil skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
TIV Saratovdagi YTHda jabrlangan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot berdi

Xabar qilinishicha, avtohalokat Issiq-Ko‘l tumanining Qizil-O‘ruk qishlog‘i hududida yuz bergan.

"Mikroavtobus va yengil mashina to‘qnashib ketgan. Mikroavtobusda o‘zbekistonlik raqqoslar jamoasi bo‘lgan. Yengil mashinada esa besh nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Olti nafar bola va uch nafar katta yoshlilar jarohat olgan. Qurbonlar yo‘q", — deb ma’lum qildi matbuot xizmati.

Hozirda jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Mahalliy IIB patrul boshqarmasi xodimi Sputnik Qirg‘iziston muxbiriga mazkur YTH haqida ma’lumotga ega emasligini bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0