Migratsiya agentligi Rossiyaga kirishga taqiq qo‘yilgan fuqarolarga eslatma berdi

© FacebookDeportatsiya
Deportatsiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mavqeyidan foydalanishga urinadigan, taqiqi mavjud ekanligiga qaramay, xorijga chiqishga urinayotgan va qilingan harakatlari va mablag‘lari behuda ketayotgan kimsalar uchramoqda

TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiya hududiga kirish uchun qo‘yilgan taqiqni bekor qilish, uni aniqlash va bu holat bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish agentlik vakolatida emasligini ma’lum qildi.

Mehnat vazirligida migrantlarni Rossiyaga kuzatish marosimi - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat vazirligida Rossiyaga ketayotgan mehnat muhojirlarini kuzatish marosimi o‘tkazildi

"Ma’lumki, xorijga mehnat qilish uchun borishning shartlaridan biri safarga otlangan mamlakatdan deportatsiya qilinmaganlik, uning xududiga kirish uchun taqiqning mavjud emasligidir", deyiladi agentlik axborot xizmati xabarida.

Xabarda aytilishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mavqeyidan foydalanishga urinadigan, taqiqi mavjud ekanligiga qaramay, xorijga chiqishga urinayotgan va qilingan harakatlari va mablag‘lari behuda ketayotgan kimsalar ham uchramoqda.

Agentlik shu bois eslatib o‘tdi: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Chet ellarda ish bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi talabgor fuqaro va uning kafili imzolaydigan uch tomonlama shartnomaning 7.7-bandiga ko‘ra, "fuqaro ilgari Rossiya Federatsiyasiga borgan va unga nisbatan Rossiya hududiga kirish uchun taqiq qo‘yilgan bo‘lsa, ushbu taqiqni bekor qilish, uni aniqlash va bu holat bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish agentlik vakolatida emas va bunga agentlik javobgar hisoblanmaydi".

"O‘z hayotingiz, vaqtingiz va sarmoyangizga mas’uliyat bilan yondashing, avval siz borishga intilayotgan mamlakatga sizni kiritishga taqiq mavjud emasligini aniq bilgandan so‘ng harakat boshlang!", deyiladi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati tomonidan.

Yangiliklar lentasi
0