TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. 25-iyul kuni Saratov viloyatining Ozinsk tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida 9 kishi shikastlangan. Ulardan 5 nafari O‘zbekiston, 4 nafari Rossiya fuqarolari. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Moskva shahridagi elchixonasi Rossiya FVVga ma’lumotlariga asoslanib xabar qildi.
Xabarga ko‘ra, "Lada-Largus" va "Ford Mondeo" avtomobillari to‘qnashgan. O‘zbekiston fuqarolari "Lada-Largus"da bo‘lgan va o‘rtacha og‘irlikda jarohat (lat yeyish va sinish) olgan.
Barcha jarohat olganlar Ozinsk klinik kasalxonasiga yetkazildi. O‘zbekiston fuqarolariga yordam ko‘rsatish maqsadida elchixonaning konsullik bo‘limi zudlik bilan Rossiya FVV bilan bog‘lanib jarohatlangan O‘zbekiston fuqarolari to‘g‘risida ma’lumot oldi:
1. Madragimov Mahamadali Rayimberdiyevich, 08.12.1970 yilda Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan.
2. Qurbonov Sirojiddin Fayzullo o‘g‘li, 17.05.1995 yilda Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan.
3. Xolmatov Abdujabbor Toshtemirovich, 18.06.1965 yilda Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan.
4. Sodiqov Mirjalol Egamberdiyevich, 22.10.1988 yilda Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida tug‘ilgan.
5. Badalov Jamshidbek Husanboy o‘g‘li, 20.05.1991 yilda Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tug‘ilgan.
Ushbu fuqarolarning yaqinlari ularning holati to‘g‘risida Rossiya FVVning +7 937-639-01-43 raqami oraqli ma’lumot olishlari mumkin.
Mazkur holat O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi nazorati ostiga olingan.