TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Saudiya Arabistoni Podshohligining O‘zbekistondagi elchisi Xisham al-Suvaylim Adliya vaziri Muzraf Ikramov bilan uchrashuvda O‘zbekiston Saudiya Arabistonining eng yaqin hamkori ekanligini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev tomonidan ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash bo‘yicha olib borayotgan islohotlar Saudiya Arabistoni tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini bildirib o‘tdi, deb xabar qilindi O‘zbekiston Hukumati portalida.
Saudiya Arabistoni elchisi Xisham al-Suvaylim O‘zbekiston Podshohlikning eng yaqin hamkori ekanligini ta’kidlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash bo‘yicha olib borayotgan islohotlari Saudiya Arabistoni tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini bildirib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar Saudiya Arabistoni Podshohi Salman bin Abdulaziz al-Saud janoblarining taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev AQSh va arab-musulmon mamlakatlarining Sammitida ishtirok etish uchun 2017-yilning 21-may kuni Saudiya Arabistoni Podshohligiga rasmiy tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishini bildirib o‘tishdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Adliya vazirligi va Saudiya Arabistoni Podshohligi Adliya vazirligi o‘rtasida anglashuv Memorandumi imzolanishi rejalashtirilgan. Adliya vaziri Ikramovning ta’kidiga ko‘ra, hujjat kelajakda mamlakatlarning huquqiy sohasidagi o‘zaro hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish, ikki mamlakat adliya vazirliklari o‘rtasidagi hamdo‘stlik aloqalarini o‘rnatilishiga huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.