Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni podshohiga hamdardlik yo‘lladi

© AFP 2023 / VIKTOR DRACHEVShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saudiya Arabistoni qirolining akasi shahzoda Turki bin Abdul Aziz Al Saud shanba kuni olamdan o‘tgan edi

TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Caudiya Arabistoni podshohiga hamdardlik bildirildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Tashvi ishlar mahkamasi matbuot-xizmati.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudga taniqli davlat va jamoat arbobi, Podshohning akasi, shahzoda Turki bin Abdulaziz Ol Saudning vafoti munosabati bilan samimiy ta’ziya izhor etib maktub yo‘lladi hamda marhumning oila a’zolariga hamdardlik va dalda so‘zlarini bildirdi", — deyiladi xabar matnida.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni qirolining akasi shahzoda Turki bin Abdul Aziz Al Saud shanba kuni olamdan o‘tgan edi.

Qirollik saroyi shahzoda o‘limi munosabati bilan uch kun davomida hamdardlik qabul qilishini e’lon qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0