O‘zbekiston tomon talabi bilan Ali Feruz taxallusli jurnalist Moskvada qo‘lga olindi

© Sputnik / Sergey Mamontov / Mediabankka o‘tishNovaya gazeta tahririyati
Novaya gazeta tahririyati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1 avgust kuni "Novaya gazeta" tahrniriyati binosi yonida nashr muxbiri - Ali Feruz taxallusi bilan mashhur Xudoyberdi Nurmatov qo‘lga olindi

TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Rossiyadagi "Novaya gazeta" nashri jurnalisti Xudoyberdi Nurmatov mamlakat hududida bo‘lish tartibini buzganligi uchun Rossiya Federatsiyasidan chiqarib yuboriladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti xalqaro axborot agentligi.

Ushbu qaror Moskva shahar Basmannaya sudi tomonidan chiqarilgan.

"Ali Feruz taxallusi ostida maqolalar chop etgan Nurmatov seshanba kuni tahririyat oldida qo‘lga olingan. May oyida Rossiya IIV jurnalistga vaqtinchalik panoh berishdan bosh tortgan shundan so‘ng u mamlakat hududini tark etishi lozim edi", — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Nurmatovga 5 ming rubl jarima solingan.

O‘zbekistonda kirish imtihonlari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda IIB podpolkovnigi jurnalist faoliyatiga to‘sqinlik ko‘rsatdi
Kuni kecha ko‘plab OAVlarda Moskvadagi "Novaya gazeta" tahririyati binosi oldida nashr muxbiri Xudoyberdi Nurmatov qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqalgan edi. Nashr OAV xodimi o‘z press-kartasini taqdim etganiga qaramay, qo‘lga olinganligi haqidagi xabarni tasdiqlagan. Tahririyat xodimlari "Nurmatovning radikal islomchilar bilan aloqasi bor" degan gaplarga ishonmasliklarini ma’lum qilishgan.

"Novaya gazeta" xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, jurnalist Nurmatov O‘zbekiston tomon talabi bilan qo‘lga olingan.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, Nurmatov O‘zbekistonni "bir necha yil avval mahalliy maxsus xizmat vakillari uni o‘ziga og‘dirishga harakat qilishgani tufayli tark etgan".

Yangiliklar lentasi
0