TOShKENT, 1-avgust — Sputnik. O‘zbekistondan ushbu konkursda ishtirok etish uchun Toshkent viloyati Bshka tumani mehribonlik uyining uch nafar tarbiyalanuvchilari Anastasiya Molokova, Durdona Irgasheva va Nadorbekova Monikalar bugun Moskvaga yetib kelishdi.
"Ti super! Tansi" teleko‘rsatuvida ishtirok etish uchun Abxaziya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarussiya, Qirg‘iziston, Latviya, Qozog‘iston, Moldova, Turkmanistondan 27 nafar ishtirokchilar saralab olingan.
Ushbu tanlov mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchi va qarovchisiz qolgan bolalarga o‘z qobiliyatlarini keng auditoriyaga namoyish qilish uchun imkon yaratib berishdir. Ular uchun Rossiyaning eng yaxshi pedagoglari, shou-biznes yulduzlari ishlaydi va teleefirdan vaqt ajratiladi. Shuningdek, ular turli mamalkatlarda yashayotgan o‘z tengqurlari bilan tanishish va do‘stlashish imkoniga ega bo‘lishadi.
Eslatib o‘tamiz, bahorda Sputnik xalqaro axborot agentligi va NTV telekanali hamkorligida "Ti super!" nomli yosh xonandalar kshrik tanlovi bshlib o‘tgan edi. Unda MDH mamlakatlaridan 92 nafar yosh vokal ijrochilari ishtirok etishgan edi. Abxaziyalik Valeriya Adleyba esa tanlov g‘olibi bo‘lgan edi.