Bulung‘ur tumanida ijtimoiy apteka ochildi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishDorixona
Dorixona - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Apteka kechayu kunduz ishlaydi va bu yerda nafaqat sifatli va arzon dorilar, balki giyohlardan tayyorlangan shifobaxsh ichimliklar ham sotiladi

TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida "Samarqand dori-darmon" AJ tomonidan tashkil etilgan ijtimoiy apteka ish boshladi, deb xabar beradi "Novosti Uzbekistana".

Apteka kechayu kunduz ishlaydi va bu yerda nafaqat sifatli va arzon dorilar, balki giyohlardan tayyorlangan shifobaxsh ichimliklar ham sotiladi.

Dorixona - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona viloyatida arzon dorixona ochildi

Yangi aptekada 13 toifadagi: davolanish uchun imtiyozga ega, nogironlar va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, baynalmilal jangchilarga dori-darmonlar bepul beriladi. Apteka mudiri O‘roqboy Qulmatovning aytishicha, mazkur aptekaning filiallari "Beruniy", "Mirzo Ulug‘bek" qishloq vrachlik punktlari va tuman markazida 250 nafar bemorga xizmat ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, tumanning uzoq qishloqlaridagi aholiga xizmat ko‘rsatuvchi ko‘chma apteka faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.

Kelgusi rejalar sirasiga quritilgan dorivor giyohlar savdosini ham yo‘lga qo‘yish kiritilgan. Ushbu maqsadlarda  "Samarqand dori-darmon" AJ mablag‘i evaziga sotib olingan uskunalarni o‘rnatish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0