O‘zbekistonga yarim yil ichida 1,1 milliondan ortiq turist tashrif buyurdi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga kelgan turistlar soni o‘tgan yilga nisbatan oshgan

TOShKENT, 2-avgust — Sputnik.  Joriy yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan turistlar soni oshdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonda "Turizm olami" jurnali nashrdan chiqarildi

Xabarda bildirilishicha, yilning dastlabki olti oyi davomida O‘zbekistonga 1 million 125 ming nafar turist kelgan. Bu o‘tgan yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan 18%ga ko‘p.

Yilning birinchi yarim yilligida turistik xizmatlar eksporti 694 million dollarni tashkil etgan.

O‘zbekiston TIVning ma’lum qilishicha, yil boshidan buyon 123360 nafar xorij fuqarosiga kirish vizasi berilgan bo‘lib, ulardan 51179 nafari turist, 17041 nafari biznesmenlar hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0