TIV O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xorij muxbirlari haqida ma’lumot berdi

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishJurnalisti na press-konferensii
Jurnalisti na press-konferensii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazirlik shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiyadan o‘tmagan xorijiy muxbirlarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi kasb faoliyati taqiqlanishi va amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka olib kelishi haqida ogohlantirdi

TOShKENT, 2-avgust — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi vazirlikda rasman akkreditatsiyadan o‘tgan muxbirlar va muxbirlik punktlari soniga aniqlik kiritdi.

Abdulaziz Kamilovning jonli muloqoti davomida olingan surat - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston TIV: hech bir xat e’tiborsiz qolmaydi

“Davlat muassasalari, kompaniyalar, jamoatchilik tashkilotlari va ayrim fuqarolarning muntazam murojaatlari munosabati bilan shuni ma’lum qilamizki, 2017-yil 1-avgust holatiga ko‘ra yetakchi xorijiy axborot agentliklari, elektron va bosma OAV vakillari bo‘lgan 30 ta muxbir va 5 ta muxbirlik punktlari (buro) Tashqi ishlar vazirligida rasman akkreditatsiyadan o‘tgan”, deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda rasman faoliyat yuritayotgan chet el matbuoti vakillari haqidagi ma’lumot TIV veb-sahifasida tezkor yangilanadi hamda o‘zbek, rus va ingliz tillarida e’lon qilinadi.

Shuningdek, veb-saytning maxsus bo‘limida xorijiy OAV vakillarining O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tish tartibi haqidagi ma’lumot ham joylashtirilgan.

Vazirlik shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiyadan o‘tmagan xorijiy muxbirlarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi kasb faoliyati taqiqlanishi va amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka olib kelishi haqida ogohlantirgan.

Yangiliklar lentasi
0