TOShKENT, 2-avgust — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Sh. Mirziyoyev "Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.
Hujjatda aytilishicha, davlat soliq xizmati organlari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 12 131 nafar, shu jumladan, markaziy apparatda 263 nafar etib belgilangan, shundan 12 056 nafari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan, 75 nafari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi belgilab qo‘yilgan.
Shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasi raisiga zarur hollarda davlat soliq xizmati organlarining tasdiqlangan tuzilmalariga o‘zgartishlar kiritish, Maxsus jamg‘arma mablag‘lari xisobidan davlat soliq xizmati organlarining qo‘shimcha shtat birliklarini joriy etish xuquqi berildi.