TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. O‘zbekiston fuqarolari, soliq to‘lovchilar va ekspertlar soliq qonunchiligi va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishlari mumkin. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Facebookdagi sahifasida soliq tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha maxsus so‘rov o‘tkazilayotganligi ma’lum qilindi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida shakllantirilgan ekspertlar guruhi barcha takliflarni jamlab Soliq qonunchiligi va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha tuzilgan Ishchi komissiyaga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
Takliflarni maxsus so‘rovnomani to‘ldirish orqali berish mumkin.