Hotambek Shokirov Toshkent tumaniga hokim bo‘ldi

© Mejdunarodniy press-klubPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev osvobodil ot doljnosti zamestitelya predsedatelya Gosudarstvennogo nalogovogo komiteta Xotambeka Shakirova
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev osvobodil ot doljnosti zamestitelya predsedatelya Gosudarstvennogo nalogovogo komiteta Xotambeka Shakirova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat soliq ko‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan Hotambek Shokirov Toshkent tumaniga hokim bo‘ldi

TOShKENT, 1-avgust — Sputnik. Zangiota tumani tarkibidan ajratilib, yangidan tashkil etilgan Toshkent tumaniga yangi hokim tayinlandi. Davlat soliq ko‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan Hotambek Shokirov Toshkent tumaniga hokim bo‘ldi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Miriziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Kadrlar almashuvi: Mirziyoyev Hukumat tarkibida yangi o‘zgarishlarni amalga oshirdi

Shokirov Hotambek Anvarovich 1970-yili tug‘ilgan, 2015-yil martidan boshlab Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. U soliq organlari tizimidagi faoliyatini 1999-yilda boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq 2017-yil 20-iyulda prezident qarori bilan Zangiota tumani hududi chegarasi doirasida Zangiota va Toshkent tumanlari tashkil etilgan edi.

Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yangiyo‘l, Chinoz tumanlari va yangidan tashkil etiladigan Toshkent tumanining tuman prokuraturalari, ichki ishlar bo‘limlari, davlat soliq inspeksiyalari hamda yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlarining tumanda meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishga ko‘maklashish hamda yer resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish to‘g‘ridan-to‘g‘ri tegishliligiga ko‘ra O‘zbekiston Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0