Kadrlar almashuvi: Mirziyoyev Hukumat tarkibida yangi o‘zgarishlarni amalga oshirdi

© Press-slujba prezidenta RUzO‘zbekiston prezidenti Shavkat Miriziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Miriziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Hukumatida yana bir qancha kadrlarni almashtirdi

TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Hukumati tarkibida yana jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi qaroriga muvofiq:

Zarubejnaya pressa - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligiga yangi bosh direktor tayinlandi
Kasimov Dilmurod Sultanmurotovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya kilish bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi;

Islamov Bobir Farxadovich O‘zbekiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlandi;

Ilxomboy Bekchanovich Turamuratov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar ko‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi;

Kadrovaya politika Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston
Kim, qayerda, qayerga: O‘zbekistondagi kadrlar tizimidagi o‘zgarishlar
Amanulla Xamidullayevich Yunusov O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining bosh direktori lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Laziz Xushboqovich Tangriyev O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining bosh direktori lavozimiga tayinlandi;

Ortikov Akmalxon Juraxonovich O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining demografiya, ijtimoiy sohani rivojlantirish va aholi turmush darajasini oshirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi

Xakimjon Mamasadikovich Abdulazizov O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Yangiliklar lentasi
0