"O‘zbekiston 24" telekanalida "Sen zo‘rmi, men zo‘r" qabilida xo‘rozlanishlar qoralandi

© SputnikDevushka smotrit on-layn translyatsiyu na telekanale "Uzbekistan 24"
Devushka smotrit on-layn translyatsiyu na telekanale Uzbekistan 24 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston 24" telekanali orqali "Tahlilnoma" ko‘rsatuvi ilk soni efirga namoyish qilindi

TOShKENT, 1-avgust — Sputnik. 2017-yil 30-iyul kuni "O‘zbekiston 24" telekanali orqali efirga namoyish qilingan "Tahlilnoma" ko‘rsatuvida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yoritildi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev xalq farovonligi yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilishini aytdi

Ko‘rsatuvida valyuta siyosati bois O‘zbekiston boshi malomatlardan chiqmaganligi ta’kidlandi:

"Yaqin o‘tmishda jahonning iqtisodiy peshvolari O‘zbekistonning peshonasiga qancha tamg‘a urgan bo‘lsa, O‘zbekistonning sha’niga necha bor malomatlar yog‘dirgan bo‘lsa, O‘zbekiston korchalonlari iqtisodiy uquvsizlikda necha bor ayblanib boshidan ne bir sho‘r ishlar kechgan bo‘lsa shu — valyuta siyosatini, deb bo‘ldi. Buni bugun ochiq aytmoq kerak.

Yana dangal aytish kerakki, valyutaning to‘rttalab kursi mavjud bo‘lib kelgani, qora bozor atalmish sharmandali holatning taraqqiyot oyog‘iga tushov bo‘lgani aynan prezident boshlagan islohotlar sabab asta sekin abas bo‘lib, yo‘qlik sari ravona bo‘lmoqda.

So‘ngi qaror eksportdan tushgan valyutaning majburiy sotilishiga barham berilishi esa istiqbolning ochiq ko‘rinib qolganidan nishona. Buni hatto qilni qirq yorgan Xalqaro valyuta jamg‘armasi ekspertlari ham dangal tan olishdi", — dedi ko‘rsatuv boshlovchisi.

Ko‘rsatuvda tashqi siyosatda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar prezident Mirziyoyev hal qilayotgani ta’kidlandi:

"Yaqin qo‘shnilar bilan kimo‘zar musobaqa emas, samimiy va o‘zaro ishonchli aloqalarni faoliyatning ilk soatlaridanoq e’lon qilish, Markaziy Osiyo davlatlarining O‘zbekistonga bo‘lgan ishonchli munosabatiga sabab bo‘ldi. Bir-biriga to‘mtayib yurishlar, "Sen zo‘rmi, men zo‘r" qabilidagi xo‘rozlanishlar, bir og‘iz iliq gapu lutf bilan ba’zida ayniqsa chegara masalalaridagi yillab chigallashib ketgan muammolar kecha-kunduz baqamta o‘tirib ishlashlar evaziga bartaraf qilingani bor gap.

Natijalar to‘qqiz puldek ayon Turkmaniston bizga Kasbiy portlarini-yu neft konlarini birgalikda foydalanish uchun ochib berdi. Qozog‘iston bilan mahsulot ayirboshlash birinchi chorakning o‘zida o‘ttiz yetti foizga oshdi. Qirg‘iziston bilan chegara masalalari ijobiy yakun topish arafasida. Tojikiston bizning mahsulotlarni ko‘ziga surtib sotib ola boshladi.

Prezident o‘z faoliyati boshlagan kezlarda tashrif buyurgan mamlakatlar bilan tuzilgan shartnomalar soni uch yuz yigirmadan dan oshib, uning miqdori qirq to‘rt milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Bu aniq raqamlardagi misollar.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev sifatsiz mahsulotlar kirib kelishi uchun sharoit yaratgan davlat korxonasini tugatdi
Yuqorida sanalgan yo‘nalishlar o‘ta keng, o‘ta ko‘lamdor faoliyatga chizgilar xolos.

Har bir haqida aslida soatlar gapirmoq mumkin. Lekin bugun gapning o‘zi ham shartmasdek. Muhimi hamma ko‘rib, hamma bilib turibti. Muhimi prezident Mirziyoyevning o‘zidek halovatdan voz kechmoq, bir o‘zbek farzandi sifatida millatni jon-dildan sevmoq kerak xolos.

Unutmaylik, halovatdan voz kechishning ortidan xalq dardi, el-ulus manfaati, millat taraqqiyoti, farzandlarimizning ertangi farovon turmushi degan — eng oliy maqsadlar turibti, asosiysi shu emasmi?", — deb yakun yasadi ko‘rsatuv boshlovchisi.

Yangiliklar lentasi
0