Mirziyoyev sifatsiz mahsulotlar kirib kelishi uchun sharoit yaratgan davlat korxonasini tugatdi

© Press-slujba prezidenta RUzO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Direksiyasi" davlat korxonasi real bozor konyunkturasini inobatga olmasdan shartnomalar tuzish, narxlarni oshirish va sifatsiz mahsulotlarni yetkazib berish uchun sharoit yaratganligi uchun tugatildi

TOShKENT, 1 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Direksiyasi" davlat korxonasini tugatdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Tadbirkorlar kredit uyushmalarini tiklash va soliqni pasaytirishni taklif qilishmoqda
Hujjat sharhida aytilishicha, o‘tkazilgan tahlillar ko‘rgazma-yarmarka savdolarini tashkil etish va o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan "Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Direksiyasi" davlat korxonasi (keyingi o‘rinlarda Direksiya deb yuritiladi) faoliyatida jiddiy kamchiliklar mavjudligini, bu esa davlat va korporativ xaridlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga salbiy ta’sir etayotganligini ko‘rsatdi.

Xususan, tenderlar o‘tkazmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida ko‘rgazma-yarmarka savdolari doirasida asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, qayta ishlangan xom ashyo va materiallarni xarid qilishning amaldagi tartibi turli xil korrupsiya ko‘rinishlari, shu jumladan, real bozor konyunkturasini inobatga olmasdan shartnomalar tuzish, narxlarni oshirish va sifatsiz mahsulotlarni yetkazib berish uchun sharoit yaratmoqda.

Ko‘rgazma-yarmarka savdolarini o‘tkazishning tartib-taomillari, eng avvalo, kichik biznes subyektlarining davlat va korporativ buyurtmalarni olishga bo‘lgan imkoniyatlarini lozim darajada ta’minlamayapti, bu esa bozorda sog‘lom raqobatni rivojlantirishni cheklab qo‘ymoqda.

Ko‘rsatilgan muammolar bitimlarni tuzishning shaffof mexanizmi yo‘qligi, ushbu sohaga ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ishlarning yetarli emasligi sababli kuchaymoqda.

Bundan tashqari, ilgari o‘tkazilgan xalqaro sanoat yarmarkalari va kooperatsiya birjalari doirasida tuzilgan shartnomalar ijro etilishi yakunlarining tahlili shartnoma majburiyatlari va tasdiqlangan tarmoq jadvallarining bajarilishi to‘liq ta’minlanmayotganligini ko‘rsatdi.

Mazkur holat ko‘rgazma-yarmarka savdolarida tuzilgan shartnomalarni ijro etish jarayoni ustidan lozim darajada nazorat o‘rnatilmaganligidan, ularni tuzishda, shu jumladan, Direksiya ishini tashkil etishdagi xatolar oqibatida sodir etilgan suiiste’molchiliklar mavjudligidan dalolat bermoqda.

Buxoro aholisi - Sputnik O‘zbekiston
Buxoro viloyati hokimligi: tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, muammolarni hal qilamiz
Shu bilan bir qatorda, Direksiya tomonidan tuzilgan shartnomalarni tahlil qilish va ular asosida tegishli loyihalarni mahalliylashtirish dasturiga kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish, mahalliy xom ashyo bazasida tayyor mahsulotlarni mahalliylashtirishni kengaytirish uchun sanoat kooperatsiyasi roli va ahamiyatini oshirish bo‘yicha asosiy vazifalarning bajarilishi amalda ta’minlanmagan.

Ko‘rgazma-yarmarka savdolarini samarali o‘tkazish uchun pavilon maydonlari va boshqa infratuzilmalarning yetarli emasligi yetkazib beruvchilarning talablarini to‘liq darajada qanoatlantirmagan, shuningdek, ularning ishtirokchilari doirasini, ayniqsa, kichik biznes subyektlari hisobidan kengaytirish imkonini bermagan.

Bayon etilganlar inobatga olinib, Prezidentning ushbu qarori bilan Direksiya tugatildi.

Bu borada Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlari tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish topshirildi.

Takliflar Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimi doirasida davlat xaridlari yagona axborot portali hamda yagona milliy resurslar ma’lumotnomasini tashkil qilish orqali mazkur tizimning ochiqligi va shaffofligini oshirishni nazarda tutishi lozim.

Yangiliklar lentasi
0