Toshkentda mahbuslar bilan muomalada bo‘lish qoidalari mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishSIZO
SIZO - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Videokonferensaloqa tizimi orqali davra suhbatida prokuratura va ichki ishlar organlarining hududiy tuzilmalari, shu jumladan jazoni ijro etish muassasalari, tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarining xodimlari ham qatnashdilar

TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Bosh prokuraturada BMT Giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi Boshqarmasining Markaziy Osiyodagi Mintaqaviy vakolatxonasi bilan hamkorlikda Nelson Mandela xalqaro kuni munosabati bilan tashkil etilgan "Mahbuslar bilan muomalada bo‘lishninng minimal standart va qoidalari" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi, deb xabar qildi Hukumat portali.

Jinoyatchini qo‘lga olish - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 1-apreldan qamoq jazosi bekor qilinadi
Mazkur kun BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasiga binoan 2009-yilning noyabr oyidan beri butun dunyoda mahbuslarga insonparvar sharoitlarni ta’minlash, ularga nisbatan jamiyatning ajralmas qismi sifatida munosabatda bo‘lish, penitensiar muassasalar xodimlari ishining ijtimoiy xizmat sifatidagi ahamiyatini tan olish maqsadida nishonlanadi.

Videokonferensaloqa tizimi orqali davra suhbatida prokuratura va ichki ishlar organlarining hududiy tuzilmalari, shu jumladan jazoni ijro etish muassasalari, tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarining xodimlari ham qatnashdilar.

Tadbirda mahbuslar bilan muomalada bo‘lish bo‘yicha BMTning minimal standartlari va qoidalari, mahbuslarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlarga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratini amalga oshirish, jazoni ijro etish muassasalari monitoringi, xodimlarning malakasini oshirish va boshqa dozarb jihatlariga oid ma’ruzalar tinglandi.

Davra suhbati davomida Shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, shu jumladan jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonparvarlashtirish eng muhim vazifalardan biri sifatida belgilangani ta’kidlandi.

Yangiliklar lentasi
0