O‘zbekistonda 1-apreldan qamoq jazosi bekor qilinadi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishJinoyatchini qo‘lga olish
Jinoyatchini qo‘lga olish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qonundagi ushbu o‘zgarishlar O‘zbekiston sud-huquq tizimini yanada erkinlashtirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati samaradorligini oshirish va aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash maqsadida amalga oshirilgan.

TOShKENT, 28 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning  "Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga binoan O‘zbekistonda qamoq jazosi (arest) bekor qilinib, uning o‘rniga boshqa jazo choralari qo‘llanila boshlaydi.  

2016 yil 21-oktabrida qabul qilingan ushbu qarorga binoan tegishli o‘zgarishlar Fevral oxirida Oliy majlis tomonidan tasdiqlangan edi. Senat tasdig‘i va Prezident tomonidan imzolanganidan keyin ushbu o‘zgarishlar O‘zbekiston qonunchiligida to‘liq kuchga kiradi.

"Kiritilayotgan o‘zgarishlar "qamoqqa olish" jazosini bekor qiladi. Uning o‘rniga "majburiy jamoat ishlari" jazosi kiritiladi", — dedi Senatning qonunchilik va sud-huquq  masalalari bo‘yicha qo‘mitasi vakili Botir Matmuratov RIA Novostiga.

Qamoq jazosini bekor qilishdan tashqari, 1  apreldan kuchga kiradigan yangi qonunda, quyidagi o‘zgarishlar ham bor:

  • jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga qisqartiriladi;
  • qamoqqa olish va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot choralarini qo‘llashning, shuningdek dastlabki tergovning eng ko‘p muddati 1-yildan 7 oyga qisqartiriladi;
  • pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish va eksgumatsiya qilish uchun sanksiya berish huquqi sudlarga o‘tkaziladi;
    sudlarga qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash rad etilganda muqobil ehtiyot choralarini qo‘llash huquqi beriladi;
  • fuqarolik ishi bo‘yicha sud qarorini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqish muddati 3-yildan 1-yilga qisqartiriladi;

Yangi qonun, yo‘lidan adashgan, voyaga yetmagan qonunbuzarlarning qaytib to‘g‘ri yo‘lga kirishiga kengroq imkoniyatlar yaratib beradi. Xususan, unda voyaga yetmaganlar uchun qonunda belgilangan jinoiy jazolarni liberallashtirish, ularning huquqiy himoyasini kuchaytirish, va sudlanganlik holatini tugatish va sudlanganlikni olib tashlash kabi o‘zgarishlar nazarda tutilgan.

O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev farmoniga muvofiq qamoq tarzidagi jinoiy jazo turi tugatildi

Shuningdek, ayrim jinoyatlar bo‘yicha beriladigan jazolarni yengillashtirish ham nazarda tutilgan. Masalan, tomonlarning yarashganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish institutini kengaytirish, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan ayrim jinoyat tarkiblarini jinoyat toifasidan chiqarish va jinoyat ishini qo‘zg‘atish faqat jabrlanuvchining arizasiga ko‘ra amalga oshiriladigan jinoyat tarkiblari ro‘yxatini kengaytirish kabi choralar.

Yangi qonun, jazo turlarini yengillashtirish bilan bir vaqtda, O‘zbekiston sud-huquq tizimiga, xorijiy mamlakatlar tajribasini chuqur o‘rganish asosida, 2017-yil 1-iyulga qadar O‘zbekiston qator islohotlar o‘tkazish topshiriladi.  Xususan, sud-prokuror xodimlari malakasini oshirish,  rahbar kadrlarni tayyorlash va boshqa islohotlar.

Yangiliklar lentasi
0