GTA bandasi ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisi 8-avgustda bo‘ladi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishGTA bandasini qo‘lga olish
GTA bandasini qo‘lga olish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Asosan O‘rta Osiyo mamlaktalari fuqarolaridan tashkil topgan, 17 kishining o‘limida ayblanayotgan, GTA bandasi ishi bo‘yicha tergov davom etmoqda.

 

TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Moskva viloyati sudi 8-avgustda “GTA bandasi” ishi bo‘yicha guvohlarni so‘roqqa chaqirishni boshlaydi. Ushbu ish yuzasidan Jinoyat kodeksining qotillik, noqonuniy qurol saqlash va bosqinchilik bandlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan, Sputnik Tadjikistan xabariga asosan.

Eslatib o‘tamiz, 2012-2014 yillarda Moskva viloyatida bir necha dahshatli qotilliklar bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu jinoyatlar M-4 “Don” trassasi yaqinida sodir bo‘lgani va ularning kechishi  GTA kompyuter o‘yiniga o‘xshash bo‘lgani uchun xalq orsida ushbu guruh “GTA bandasi” deb nom olgan edi.

“Keyingi majlis 8 va 10-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Guvohlarga savollar beramiz va jinoyat ishining dastlabki epizodlari bilan tanishishni boshlaymiz”, — dedi sudya Natalya Valikova.

Bugungi kunda 9 nafar jinoyatchi hibsga olingan— Xazratxon Dodoxonov, Xolik Subxanov, Anvar Ulugmuradov, Fazlitdin Xasanov, Sherozdjon Kodirov, Mirzomavlon Mirzosharipov, Abdumukim Mamadchonov, Umar Xasanov i Zafardjon Gulyamov.

Ularning har biri, qilmishiga yarasha, bosqinchilik, qotillik, noqonuniy qurol tayorlash va saqlashda ayblanmoqda. Qonunga ko‘ra ularning har biriga davlat advokatlari ajratilgan.

Terov qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2012-yilning mart oyida Ibaydullo Subxanov Moskva viloyatida jinoiy guruh tashkil qilgan. Ushbu guruhga O‘rta Osiyoning 15 fuqarosi kirgan.  Guruh a’zolari o‘z boshlig‘iga so‘zsiz itoat etgan. 2012 – 2014-yillar davomida Moskva viloyati hududida guruh tomonidan 15ta bosqinchilik  uyushtirilgan. Bosqinchilik vaqtida 17 kishi o‘ldirilgan 2 kishi  qochishga muvaffaq bo‘lgan.

Jinoyatlar odatda, bir xil tartibda bo‘lib o‘tgan: to‘da tunda o‘zlari yasagan mixlar yordamida yo‘ldan o‘tayotgan avtomobillarning balonini teshgan. Mashina to‘xtaganidan keyin esa ular odamlarni o‘ldirib ularning mol mulkini o‘g‘irlagan.

Guruh boshlig‘i qo‘lga olish vaqtida qarshilik ko‘rsatgan va yo‘q qilingan. Yana besh sobiq guruh a’zoslari Rossiya hududidan qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Ularning jinoyatlari bo‘yicha alohida jinoiy ish ochilgan va uni o‘rganish davom etmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0