TOShKENT, 1-avgust — Sputnik. 1-avgustdan boshlab Guliston shahrida rossiyalik shifokorlar bemorlarni qabul qiladilar. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi veb saytida xabar berilmoqda.
Xabarga ko‘ra, Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti otorinolaringologiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Vasiliy Fedorovich Antoniv hamda tibbiyot fanlari doktori, professor Valentin Mixaylovich Aksenovlar Guliston shahriga tashrif buyuradilar.
Ular 1-avgustdan boshlab Sirdaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida davolash va tashxis qo‘yish uchun bemorlarni qabul qiladilar.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyida Turkiya-O‘zbekiston salomatlik haftaligi doirasida O‘zbekistonga turkiyalik 19 nafar tajribali shifokor tashrif buyurgandi.