Turkiyalik shifokorlar O‘zbekistonda 70dan ortiq operatsiya o‘tkazishadi

© Sputnik / Viktor TolochkoRabota vrachey vrachey-neyroxirurgov
Rabota vrachey vrachey-neyroxirurgov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Salomatlik haftaligi doirasida O‘zbekistonga turkiyalik 19 nafar tajribali shifokor tashrif buyurgan

TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Turkiya-O‘zbekiston salomatlik haftaligi doirasida Toshkentga kelgan turkiyalik shifokorlar 70dan ortiq yurak-qon tomir, ortopedik, urologik va ginekologik operatsiya o‘tkazishadi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar qildi.

Yurak operatsiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Buxoroda kelgusi yildan ochiq yurakda operatsiyalar o‘tkaziladi

To‘rtinchi bor o‘tkazilayotgan Turkiya-O‘zbekiston salomatlik haftaligi Turkiya hamkorlik va koordinatsiya agentligi (TİKA) qo‘llab-quvvatlovi ostida ikki mamlakat sog‘liqni saqlash vazirliklari tomonidan tashkil etilgan.

Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Selami Qilichning so‘zlariga ko‘ra, salomatlik haftaligi turk va o‘zbek shifokorlari o‘rtasidagi do‘stlik va qardoshlik aloqalarini yanada mustahkamlaydi, ularga boy tajribalari bilan o‘rtoqlashish imkonini beradi.

Qilichning ma’lum qilishicha, salomatlik haftaligi doirasida O‘zbekistonga turkiyalik 19 nafar tajribali shifokor tashrif buyurgan.

Yangiliklar lentasi
0