Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

© Sputnik / Aleksey DrujininPortfel s dokumentami
Portfel s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yilning iyul oyida O‘zbekiston prezidentining "Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni qabul qilindi

TOShKENT, 1-avgust — Sputnik. O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Xotambek Shakirov lavozimidan ozod etildi.

Bu haqda O‘zbekiston prezidentining rasmiy veb-saytida xabar qilinmoqda.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi PQ-3164 sonli qaroriga muvofiq Xotambek Anvarovich Shakirov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi”, deyiladi xabarda.

Nalogi. Rascheti - Sputnik O‘zbekiston
Soliq tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha maxsus so‘rov o‘tkazilmoqda

Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyul oyida O‘zbekiston prezidentining "Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni qabul qilindi.

Xususan, soliq tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha maxsus so‘rov o‘tkazilmoqda.

Unda O‘zbekiston fuqarolari, soliq to‘lovchilar va ekspertlar soliq qonunchiligi va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishlari mumkin.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida shakllantirilgan ekspertlar guruhi barcha takliflarni jamlab Soliq qonunchiligi va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha tuzilgan Ishchi komissiyaga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.

Yangiliklar lentasi
0