TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Novosibirsk shahrida bo‘lib o‘tayotgan "ArMI-2017" xalqaro armiya o‘yinlarida, olti mamlakat jamoalari orasida O‘zbekiston razvedkachilari ikkinchi o‘rinda ketmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, musobaqaning bosh hakami Vladimir Marusinga asosan.
Musobaqaning birinchi bosqichi topshirig‘i quyidagilardan iborat edi: harbiylar Mi-8 vertolotidan o‘rmon ichiga desant qilinib, asboblarsiz kerakli yo‘nalishni aniqlashi kerak va 15 km masofaga marsh-brosok qilib (tez yurib) yetib olishlari kerak edi.
O‘zbekiston jamoasining rahbari polkovnik Shuhrat Ikromov aytishiga qaraganda, harbiylarga belgilangan topshiriqni bajarishdan tashqari, O‘zbekiston tabiatiga o‘xshamagan, Sibir o‘rmonlari sharoitiga ko‘nikish qiyin bo‘lgan.
"ArMI-2017" xalqaro o‘yinlari doirasida bo‘lib o‘tayotgan "A’lochi razvedkachilar" bellashuvida O‘zbekiston harbiylar jamoasi Armaniston, Belorussiya, Zimbabve, Qozog‘iston, Xitoy va Rossiya jamolari bilan bellashmoqda.