“Snayper chegarasi” tanlovi bosh hakami O‘zbekistonni musobaqa favoriti deb aytdi

© IA "Jaxon"Voyennoslujashie armii Uzbekistana.
Voyennoslujashie armii Uzbekistana. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
ArMI-2017 doirasida Qozog‘istonda “Snayper chegarasi” tanlovi xalqaro bosqichi boshlandi

TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. ArMI-2017 doirasida Qozog‘istonda bo‘lib o‘tayotgan “Snayper chegarasi” tanlovi xalqaro bosqichi bosh hakami Qozog‘iston, O‘zbekiston, Xitoy, Mongoliya va Rossiyani musobaqa favoritlari deb atadi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati xabar bermoqda.

Voyennoslujashiy na strategicheskix ucheniyax - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston ilk bor xalqaro armiya o‘yinlarida ishtirok etadi

"Xitoy, Mongoliya, Rossiya va O‘zbekiston musobaqa mezbonlari bilan bir qatorda “Snayper chegarasi” tanlovining xalqaro bosqichi asosiy favoritlari hisoblanishadi. Musobaqalar bosh hakami general-mayor Talgat Koybakovning ta’kidlashicha, bu mamlakatlar geografik qo‘shnilar hisoblangani bois bu jamoalarga mahalliy iqlimga moslashish uchun boshqa jamoalarga nisbatan kam vaqt talab etiladi", — deyiladi xabarda.

ArMI-2017 musobaqalari 29-iyuldan 12-avgustga qadar bir vaqtning o‘zida Rossiya,Ozarbayjon, Belorussiya,Qozog‘iston va Xitoyda bo‘lib o‘tadi. Unda 28 mamlakatdan 150 jamoa qatnashadi.

Yangiliklar lentasi
0