Rossiyaning eng mashhur jurnalistlaridan biri O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga chiqmoqchi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishFotorassom Yekaterina Rojdestvenskaya
Fotorassom Yekaterina Rojdestvenskaya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik fotosuratchi, jurnalist va rassom-modelyer Yekaterina Rojdestvenskaya Farg‘onadan tortib Samarqandgacha mutlaqo yangi marshrut bo‘ylab sayohatga chiqmoqchi

TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Rossiyalik modelyer va jurnalist Yekaterina Rojdestvenskaya O‘zbekistonga sayohat uyushtirmoqchi, deb xabar qilindi Mixail Kojuxovning sayohatlar klubi blogida.

Samarqand - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandga kelgan turistlar eng mashhur o‘zbek filmlarini tomosha qiladilar
Xabarda aytilishicha, Rojdestvenskaya sayohat davomida o‘zbek shoyisi va duxobalari sirlari haqida maqola tayyorlash niyatida ekanligini bildirgan.

"Yana hunarmandlar bilan uchrashuv sari oshiqapman, endigi safarim O‘zbekistonga! Sayyohlar ko‘p boradigan joylar, ya’ni barchaga tanish bo‘lgan sayyohlik marshrutlaridan, mashhur hudud va katta qishloqlardan uzoqroq bo‘lishga harakat qilaman. Bu gal safarim qishloqlar, hunarmandchilik ustaxonalari, ipak yo‘llari, tungi bozorlarga bo‘ladi. Qadimiy so‘zanalar bilan tanishishni ham rejalashtirganman".

Rojdestvenskayaning so‘zlariga qaraganda, u bilan birga O‘zbekistonga sayohatga otlanayotgan guruh rishtonlik ustadan kulolchilik sirlarini o‘rganadilar, shuningdek farg‘onalik oshpaz ayollardan palov va somsa tayyorlash bo‘yicha dars oladilar.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida "Modniy prigovor" boshlovchisi Aleksandr Vasilyev ham O‘zbekistonga sayohatni amalga oshirib, yurtdan ajabtovur taassurotlar bilan qaytgan edi. Vasilyev Rossiyaga qaytgach o‘z ko‘rsatuvida tomoshabinlarga O‘zbekistondagi milliy matolar jozibadorligi va betakrorligini qayd etib, bundan tashqari mamlakat naqadar ozoda hamda mazali taomlarga boyligini gapirib bergandi.

Yangiliklar lentasi
0